Andijon Davlat
Universiteti
"Talabalar festivali" doirasida respublikamiz bo‘ylab talaba-yoshlar o‘rtasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlariga rasman start berildi
2025-05-08    136

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5148-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 18-29 yoshdagi oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Bugun, 8-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport majmuasida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish maqsadida, "Talabalar festivali" doirasida respublikamiz bo‘ylab talaba-yoshlar o‘rtasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlariga start berish marosimining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Departamenti rahbari Odiljon Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etib, so‘zga chiqishdi. Ular talaba-yoshlarni sport oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishga, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga chaqirdilar. Shuningdek, sport sohasi vakillari o‘zaro tajriba almashib, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.

Ushbu muhim jarayon doirasida Andijon davlat universitetida tashkil etilgan maxsus studiyada Sport boshqarmasi vakillari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlar, sport sohasidagi yetuk mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda 200 nafarga yaqin sportsevar talabalar faol ishtirok etishdi.

Sport sinovlari 8–25-may kunlari davomida barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.