Andijon Davlat
Universiteti
Milliy an’analar va qadriyatlar ruhida o‘tkazilgan yoshlar tadbiri
2025-05-08    122

Bugun, 8-may kuni Andijon davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni milliy qadriyatlarimiz hamda an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida "Yoshlar festivali" doirasida Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Xodjayeva va tarbiyachi-pedagog D. Karimova rahbarligida talabalar o‘rtasida milliy o‘yinlar tashkil etildi.

Tadbir davomida "Ko‘z bo‘ylagich", "Toptosh", "Senga tilagim", "O‘rtada quyon", "Oq kerakmi, ko‘k terak" kabi milliy o‘yinlar o‘tkazildi. Ushbu o‘yinlar talabalarga nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki aqliy salohiyatlarini rivojlantirish imkonini berdi. Milliy o‘yinlar orqali ishtirokchilar nafaqat zavq olishdi, balki ular orasida mustahkam do‘stlik va hamjihatlik ruhini ham uyg‘otdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.