Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati o'tkazildi
2025-04-29    24

Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi bilan hamkorligida "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan "Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun'iy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusida mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Dastlab, universitetning asosiy binosida mehnat muhofazasi vositalari va texnologiyalariga oid ko‘rgazma namoyish etildi. Ko‘rgazmada soha bilan bog‘liq zamonaviy texnik jihozlar, shaxsiy himoya vositalari, raqamli nazorat tizimlari hamda xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

Davra suhbatida ish joylarida mehnat xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or yondashuvlar, xususan, sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamlashtirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari orqali mehnat muhofazasining huquqiy, texnologik va tashkiliy jihatlari, shuningdek, bu borada xalqaro tajriba va zamonaviy standartlarga mos yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Tadbir yakunida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tanlov g'olib va sovrindorlari Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.