.jpg)
Bugun, 8-may kuni Andijon davlat universitetida ta'lim sohasida fidokorona mehnatlari bilan shogirdlar ardog'iga tushgan faxriy ustoz Fizika-texnika fakulteti dotsenti Unvonjon Qosimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan yubiley tadbiri o'tkazildi.
Yubiley kechasida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida faxriy ustozning oila a'zolari va shogirdlari, professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi-olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘z nutqida Unvonjon Qosimovning yarm asrlik ilmiy-pedagogik faoliyati, fizika fanining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, shogirdlar tarbiyasiga bag‘ishlangan umri va xizmatlarini yuksak e’tirof etdi.
Tadbir davomida faxriy ustozning ilmiy merosi, o‘quv-uslubiy ishlari, shogirdlarining yutuqlari va ularning bugungi kundagi faoliyati haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari orasida ustozning hamkasblari, turli yillarda tahsil olgan shogirdlari ham so'z olib, yorqin xotiralarni yodga oldilar. Ular Unvonjon Qosimovning faqat fizika fanini o‘rgatuvchi emas, balki hayot saboqlarini beruvchi, har bir shogird qalbida ezgulik urug‘ini sochgan muallim sifatidagi o‘rnini alohida ta’kidlashdi.
Ustozning fidokorona mehnatlari va shogirdlar qalbida qoldirgan unutilmas izlari, albatta, kelajak avlodlar uchun katta ibrat maktabi bo‘lib qoladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI