.jpg)
Bugun, 5-may kuni Andijon davlat universitetida Filologiya fakultetining Rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan yosh avlod qalbida vatanparvarlik, tarixiy xotira va minnatdorchilik tuygʻularini mustahkamlash maqsadida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ochiq dars tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida urush yillariga oid sahna ko‘rinishlari, she’rlar, musiqiy chiqishlar hamda tarixiy materiallar asosida tayyorlangan taqdimotlar namoyish etildi. Talabalar o‘z chiqishlarida xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati, fidoiyligi va og‘ir sinovlar oldidagi sabr-toqati haqida chuqur fikr-mulohazalar bildirib, badiiy va tarixiy chiqishlari orqali vatanparvarlik g‘oyalarini yoritishga harakat qildilar.
Mazkur dars mashg‘uloti talabalar uchun nafaqat urush faxriylarini yodga olish, balki bugungi tinch va farovon hayot uchun chuqur minnatdorlik bildirish, tarixiy xotirani asrash, Vatanimiz tinchligi va xalqimiz jasoratiga bo‘lgan hurmat ruhini kuchaytirishda muhim ma’naviy saboq bo‘lib xizmat qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI