.jpg)
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil may oyini respublika oliy ta'lim va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida "Sport oyligi" deb eʼlon qildi.
Bugun, 6-may kuni Andijon davlat universitetida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va marosimda so’z olgan universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev talaba-yoshlarga sport oyligi doirasida o‘tkaziladigan turli musobakalarda faol ishtirok etish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda jismoniy faollikni kundalik hayotga tatbiq etish muhimligini ta’kidlab, ularni musobaqalarda yuqori natijalarga erishishlarida omad tiladi.
Tadbir davomida elimiz suygan xonanda Murodil Hakimov tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga a’lo kayfiyat ulashdi. Marosimdan so‘ng sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Bellashuvlarga universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev shaxmat turnirini rasman boshlab berish bilan start berdi.
Sport oyligi davomida talabalar quyidagi 10 ga yaqin sport turlari bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etishadi: badminton, basketbol, boks, dzyudo, gimnastika, gandbol, stol tennisi, stritbol, futbol, voleybol hamda yengil atletika.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI