.jpg)
Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat universitetida tajribali psixologlar Z.Uzoqova, O.Muxtorov hamda tarbiyachi-pedagoglar hamkorligida talabalarning ruhiy holatini muvozanatga keltirish, shaxsiy rivojlanishiga ko’maklashish hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida psixologik trening mashg‘ulotlari o'tkazildi.
Trening davomida talabalar turli interaktiv usullar orqali o‘z hissiyotlarini boshqarish, stressni kamaytirish, jamoa bilan samarali muloqot qilish va o‘z-o‘zini anglash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, mashg’ulot doirasida kechki uyquni qo‘llab-quvvatlash va stressni kamaytirish maqsadida sayr ham uyushtirildi. Ushbu tashabbus talabalarning jismoniy faolligini oshirish, aqliy charchoqni yengillashtirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI