Andijon Davlat
Universiteti
Texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha amaliy uchrashuv tashkil etildi
2025-04-30    250

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonida O‘rta maxsus, texnik va professional ta’lim muassasalarida (texnikumlarda) xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha xorijiy tashkilotlarning eng maqbul takliflarini tanlab olish yo‘li bilan ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida hamkorlik qilishga ruxsat berilishi belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan, kuni kecha Andijon media-ta’lim texnikumida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish va pedagoglarning ushbu yo‘nalishdagi salohiyatini oshirish maqsadida Andijon davlat universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig'i Ilyosbek Hasanov ishtirokida o‘qituvchilar bilan o‘quv-uslubiy va maslahat uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tajribali mutaxassislar tomonidan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar, jumladan, o‘quv rejalari va dasturlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kabi masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.