Andijon Davlat
Universiteti
Ma'rifat darsi: bilim, tashabbus va vatanparvarlik — yoshlar kelajagining poydevori
2025-04-30    234

Andijon davlat universitetida talabalarning siyosiy-ijtimoiy bilimlarini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Ma’rifat darslari” universitet rektori boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda.

Bugun, 30-aprel kuni Andijon davlat universitetida Ekologiya va botanika kafedrasi professori Tolibjon Madumarov boshchiligida Tabiiy fanlar fakulteti talabalari uchun "Ma’rifat darsi" doirasida navbatdagi ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida professor Tolibjon Madumarov davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, u bugungi kunda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatdagi faolligini ta’minlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Mashg‘ulot doirasida bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar davlatimiz kelajagining asosiy tayanchi ekaniga alohida urg‘u berildi. Talabalarga o‘z ustida doimiy ravishda ishlash, tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmaslik zarurligi ta’kidlandi. Ularning jamiyatdagi faolligi va fuqarolik pozitsiyasi bugungi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishida muhim omil ekanligi qayd etildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.