Andijon Davlat
Universiteti
Ta’limda yangi imkoniyat: Terengganu universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada rivojlantirilmoqda
2025-04-30    220

Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Malayziyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Terengganu University Malaysia (UMT) bilan ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolagan.

Mazkur memorandum doirasida hozirgi kunda ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro manfaatli loyiha va dasturlarni amalga oshirish, zamonaviy ta’lim usullarini o‘zlashtirish va global miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini yaratish yo‘lida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor Madaminjon Mahkamov va IT injiniringi fakulteti dekani Sardorbek Dadaboyev boshchiligida universitetining 10 nafar talabalari akademik almashinuv doirasida qisqa muddatli o‘quv dasturi asosida tahsil olish va ilmiy tajriba almashish maqsadida Malayziyaning Terengganu University Malaysia (UMT)da bo‘lib turibdilar.

Dastlab, universitetimiz delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Shundan so‘ng, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari vakillari uchrashib, akademik almashinuv, ilmiy amaliyot va malaka oshirish, xalqaro qo‘shma konferensiyalar o‘tkazish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda yangi tashabbuslarni ishlab chiqish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, oliygohimizning 10 nafar talabalari akademik almashinuv dasturi doirasida Malayziyaning ushbu nufuzli universitetida qisqa muddatli o‘quv dasturi asosida tahsil olib, ilmiy-amaliy ko‘nikmalarini oshirish, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy markazlarda, ilg‘or tajribalar asosida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlarida bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hozirgi kunga qadar Andijon davlat universiteti Malayziyaga tashrif doirasida, UCSI universiteti bilan "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari" yo‘nalishida 30.000 AQSh dollari miqdorida qo‘shma grant loyihasini amalga oshirishga, Xalqaro Islom universiteti bilan 100.000 AQSh dollari qiymatidagi "Nazariy fizika" yo‘nalishidagi grant loyihasini ishlab chiqishga hamda Terengganu universiteti bilan 2025-yil 29-aprelidan 26-mayigacha 10 nafar talaba uchun akademik almashinuvni amalga oshirishga erishdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.