Andijon Davlat
Universiteti
Kriminologiya tadqiqotlari instituti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan memorandum imzolandi
2025-05-01    239

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, shuningdek, huquqiy ong va madaniyatni oshirish maqsadida Kriminologiya tadqiqotlari instituti rahbari hamda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari Andijon davlat universitetida bo'ldi.

Dastlab, universitetning faollar zalida talabalarning ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarlik holatlari, ularning kelib chiqish sabablari, ijtimoiy omillar, shuningdek, bu boradagi profilaktik chora-tadbirlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularni huquqbuzarlikdan ogoh etish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan jinoyatchilikning oldini olishda oila, ta’lim muassasalari hamda jamiyatning o‘rni muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ular asosida amaliy takliflar ishlab chiqildi. Tadbir davomida jinoyatchilikka qarshi kurashishda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda raqamli platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

Shundan so‘ng, mehmonlar universitetda faoliyat yuritayotgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o‘quv-ilmiy laboratoriyasiga tashrif buyurib, u yerda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning faoliyati hamda ular uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar, mavjud texnik imkoniyatlar va yosh olimlar uchun yaratilgan ilmiy muhit mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yakunida, Andijon davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlarni huquqiy tarbiyalash va jinoyatchilikka qarshi kurashishda samarali ish olib borish maqsadida Memorandum imzolandi. Bu hujjat ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy loyihalar va ta’lim dasturlarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.