Andijon Davlat
Universiteti
Shohjaxon Zulunov va Abduyaminjon Xatamboyev – O‘zbekiston kubogi musobaqasi sovrindorlari
2025-05-02    229

Joriy yilning 26-27-aprel kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida 22-25 yoshlilar o‘rtasida karate (ITKF) bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada Andijon davlat universiteti Sport va san’at fakulteti talabalari ham faol ishtirok etib, barcha raqiblari bilan munosib jang olib bordilar. Natijada, universitet talabasi Shohjaxon Zulunov faxrli ikkinchi o‘rinni, Abduyaminjon Xatamboyev esa faxrli uchinchi o‘rinni egallab, universitet sha’nini munosib himoya qildilar.

Sportchi talabalarimizning ushbu yorqin g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etamiz va ularning kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlarga erishishlarini tilab qolamiz!

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.