
Bugun, 2-aprel kuni Andijon davlat universitetida elimiz suygan so'z ustasi Mirzabek Xolmedov hamda Ulug'bek Xolmedovlar ishtirokida universitetimiz professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar uchun maxsus "Kuling umringiz uzoq bo'ladi" nomli konsert dasturi o'tkazildi.
Konsert dasturi davomida so'z ustasi Mirzabek Xolmedov va Ulug'bek Xolmedovlar o‘zlarining mahoratli chiqishlari bilan ishtirokchilarga unutilmas lahzalar taqdim etdilar. Ularning samimiy va quvnoq chiqishlari qatnashchilarga nafaqat ko‘ngil ochish, balki hayotga bo‘lgan ijobiy qarashni oshirishga ham yordam berdi.
Shuningdek, Mirzabek Xolmedovning qo'shiqlari va musiqa ijrosi konsertni yanada rang-barang va jonli qilgan holda, ishtirokchilarga zavq ulashdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI