Andijon Davlat
Universiteti
Andijon viloyati IIB boshlig'i va talaba-yoshlar o’rtasida uchrashuv o’tkazildi
2025-03-28    30

Bugun, 28-mart kuni Andijon davlat universitetida viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Sanjar Djabarov boshchiligida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuklsatirish, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish va kamaytirish, ularning salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish yuzasidan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i talaba-yoshlar bilan ular orasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan so‘z yuritib, jamoat tartibini saqlashda yoshlarning roli muhimligi aytdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni rivojlantirish, jinoyatlarning oldini olish borasida turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazish, huquqbuzarliklarning kamayishiga erishish maqsadida universitet bilan IIB o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta'kidlandi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.