Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 10-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2025-04-28    217

Bugun, 28-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 10-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Dastlab, universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, dars mashg‘ulotlarining samaradorligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda rahbar va pedagog kadrlarning doimiy ravishda malaka oshirishi, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol bo‘lishi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari tahlil qilindi.

Yig'ilish davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari hamda takliflari atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.