Andijon Davlat
Universiteti
"Ma'rifat maydoni" ko'rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichi o'tkazildi
2025-03-27    99

Bugun, 27-mart kuni Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar orasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ’ib qilish, yoshlarimizni adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida o'tkazilayotgan “Ma’rifat maydoni” Respublika ko’rik tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining saralangan jamoalari uchta yo‘nalishda o‘zaro bellashdilar: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” va “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”. Ushbu yo‘nalishlar orqali ishtirokchilar adabiyotga bo‘lgan bilim va qiziqishlarini namoyish etishdi.

Tanlovda ishtirok etgan jamoalar “Adib hayoti” mavzusida ijodiy meros va shaxsiy hayotiga oid taqdimotlar o‘tkazdilar. “Tezkor savol-javob” yo‘nalishida esa adabiyotga oid savollarga javob berishda tezkorlik va bilim darajalarini ko‘rsatdilar. “Teatrlashtirilgan kompozitsiya” yo‘nalishida esa adiblarning hayoti va ijodidan olingan hikoyalar asosida sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.

Tanlovning yakuniy natijalari bo‘yicha Andijon davlat universitetining "Ziyokorlar" jamoasi viloyat bosqichining g‘olibi bo‘lib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.