.jpg)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi doirasida universitetning "Everest" talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan "Qo'rqut" nomli spektakl namoyish etildi.
Mazkur spektakl namoyishiga oliygoh professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari tashrif buyurib, “Qo‘rqut” asarining mazmuni va mavzusi boʻyicha chuqur fikr yuritib, tarixiy va madaniy qadriyatlarni yanada yaxshiroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Spektakl nafaqat teatr san’ati, balki hayotiy masalalar va ijtimoiy jihatlar haqida ham chuqur o‘ylashga undadi.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan universitetning "Everest" talabalar teatr studiyasi jamoasiga tanlovda omad va zafarlar tilaymiz. Ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada oshirish, san’at orqali o‘zlarini ifoda etish va jamiyatga foydali hissa qo‘shishlarini tilab qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI