Andijon Davlat
Universiteti
Professor Enrico Benassi talabalarga “Kvant mexanikasi” fanidan ma’ruza va amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bordi
2025-03-24    41

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Italiya ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida samarali hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, Andijon davlat universiteti hamda Modena va Reggio tadqiqot universiteti Universita degli Studi di Modena e Reggio Emilia o‘rtasida amalga oshirilayotgan o‘zaro aloqalar alohida e’tiborga loyiqdir. Bugungi kunda, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi sifatida, Italiyaning Modena va Reggio tadqiqot universiteti professori Enrico Benassi o‘zining xizmat safari doirasida Andijon davlat universitetida bo‘lib turibdi.

Bugun, 24-mart kuni professor Enrico Benassi universitetning Fizika-texnika fakulteti talabalariga “Kvant mexanikasi” fanidan ilmiy va amaliy jihatlarni birlashtirgan holda chuqur va aniq tushunchalar bilan ma’ruza va amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Professor mashg‘ulotlar davomida kvant mexanikasining nazariy asoslarini, asosiy qonuniyatlarini va amaliyotdagi ilovalarini batafsil tushuntirib, talabalarning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi.

Bundan tashqari, professor amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar bilan yaqindan ishlashni va ilmiy izlanishlarni olib borishni, tajribalar orqali kvant nazariyasining amaliy ahamiyatini o‘rgatishni kelgusida ham o‘z maqsadiga aylantirdi. Ushbu yondashuv talabalar uchun fan haqidagi chuqur tushunchalarni shakllantirish va ularni zamonaviy ilmiy va texnologik jarayonlarga tatbiq etishga imkon yaratdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.