Andijon Davlat
Universiteti
Andijonda Navro‘z bayrami: milliy an’analar va bahor tarovati
2025-03-20    69

Andijonning go'zal maskani – Bog‘i Boburda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanib, sayillar, milliy qo‘shiqlar, an’anaviy raqslar va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bayram shukuhini yanada oshirmoqda.

Bayram tadbiri davomida Andijon davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o'rtasida lapar aytish, milliy raqs va tosh ko'tarish kabi musobaqalar tashkil etilib, musobaqa g'oliblari universitet rektori tomonidan diplom hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasining qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.