
Ayni paytda Andijon shahrining so‘lim go‘shasi Bog‘i Boburda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram sayllari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tantanali tadbirlarda viloyatdagi tashkilotlar, jamoatchilik vakillari, san’atkorlar va keng jamoatchilik ishtirok etmoqda.
Andijon davlat universiteti jamoasi rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida bayram tadbirlarida faol ishtirok etib, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni ulug‘lashga munosib hissa qo‘shmoqda. Universitet jamoasi tomonidan uyushtirilgan badiiy va madaniy dasturlar bayram shukuhini yanada oshirib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Navro‘z – ezgulik, yangilanish va mehr-oqibat timsoli bo‘lib, xalqimizning tinchlik, birdamlik va do‘stlikka bo‘lgan intilishlarini ifodalaydi. Ushbu qutlug‘ ayyom yurtimizga fayz-baraka, qut-baraka va yangi umidlar olib kelmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI