.jpg)
Shukuhli bahor kunlarida respublikamizning barcha hududlarida milliy bayramimiz – Navro'z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar xalqimizning qadimiy urf-odatlarini tiklash va ularni avlodlarga yetkazish bilan birga, yosh avlod qalbiga milliy madaniyatga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘ularini singdirishda muhim o‘rin tutadi.
Bugun, 19-mart kuni viloyatimizning "Bog‘i Bobur" hiyobonida umumxalq bayrami – Navro‘z ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Tadbir davomida milliy qo‘shiq va ashulalar jarang sochib, milliy taomlarimiz tortilmoqda. Dasturxonning ajralmas bezagi bo‘lgan sumalak esa doshqozonlarda pishirilib, bayram shukuhiga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.
Bayramda Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan turli ko‘rgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, viloyatimizga xos milliy urf-odatlar, askiya, laparlar kabi qadimiy xalq san’ati namoyish etilib, bayramga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. Tadbir yakunida esa jamoa bo‘lib iftorlik qilindi, bu esa bayram shukuhini yanada oshirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI