Andijon Davlat
Universiteti
Mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya: Andijon davlat universitetida 25 nafar talaba ish bilan ta'minlandi
2025-04-25    82

Andijon davlat universitetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta'minlash, ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish va yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 60 dan ziyod mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida “Karyera kuni” munosabati bilan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

 

Dastlab, universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev hamda “O‘zmilliybank” AJ mas’ullari boshchiligida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi. Unda talabalarga zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasbiy yo‘nalishlarni tanlash, ishga joylashishdagi muhim jihatlar va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

 

Uchrashuvdan so'ng, tashkil etilgan mehnat yarmarkasi doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, boshqarma tasarrufidagi umumta'lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari, ish taklif etayotgan korxona va tashkilotlar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti o‘tkazildi. Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan suhbatlashish, o‘z rezyumelarini topshirish hamda bo‘lajak ish faoliyatiga oid ilk kelishuvlarga erishish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

Ma'lumot o‘rnida, o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi doirasida 25 nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi. Ular o‘zlari tanlagan kasb yo‘nalishlarida ish boshlash orqali professional rivojlanish sari ilk qadamlarni tashladilar. Bu esa bitiruvchilarga kelajakda barqaror va muvaffaqiyatli mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.