Andijon Davlat
Universiteti
Ta’limda integratsiya va tajriba almashinuvi: O‘sh davlat universiteti professorlari oliygohimizda
2025-04-24    82

Andijon davlat universiteti va O‘sh davlat universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, ilmiy va amaliy tajriba almashish, hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Hamkorlik doirasida bugun, O'sh davlat universitetining 6 nafar professor-o'qituvchilari ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, pedagogik tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish va o‘zaro akademik salohiyatni oshirish maqsadida Andijon davlat universitetida bo'ldi.

Tashrif doirasida xorijlik professorlar tomonidan "Hozirgi zamonaviy ta'limni rivojlantirish" mavzusi bo'yicha ma'ruza darslari olib borilib, mashg'ulot davomida talabalar xorijlik pedagoglarning tajribasi bilan bevosita tanishish, zamonaviy yondashuvlar asosida bilim olish va interaktiv tarzdagi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, universitetning Rus tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, akademik resurslardan samarali foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarda birgalikda maqolalar chop etish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli takliflar bildirildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.