Andijon Davlat
Universiteti
"Jaholatga qarshi — ma'rifat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
2025-04-22    398

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Jaholatga qarshi — ma’rifat” g‘oyasi zamirida chuqur hayotiy haqiqat mujassam. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi dunyoda insoniyat taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar faqat bilim, tafakkur va ong bilan yengiladi. Zero, ma’rifatli jamiyat har qanday buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladi.

Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar ongida ma’rifat nurini yanada porlatish, ularni ilm-fan, Vatanga muhabbat va insoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsadida “Jaholatga qarshi — ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev hamda Uyg'ur masjidi imom xatibi Abdurahmon Ortiqov, Uyg'ur masjidi mutuvallisi Bobir Poltaaxunov va Andijon viloyati terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas'ul xodimi Yunusali Qosimovlar ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Tadbir davomida so‘z olgan mutasaddilar jaholat va ekstremizmning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat hayotiga olib keladigan tahlikalari haqida fikr-mulohazalar bildirdi. Jumladan, ma’naviyatsizlik, axloqsizlik va bilimdan yiroqlik insonni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi, buning oldini olishda esa eng asosiy qurol bu – ilm-ma’rifat ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbir so'nggida, talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni yot g‘oyalardan himoya qilish, sog‘lom va mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish zarurligini alohida qayd etib, jaholatga qarshi kurashishda ilm, ma’rifat va tanqidiy tafakkurning roli ahamiyatli ekanligi aytildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.  Топ рейтинг www.uz