Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz talabalari Qirg'izistonda: akademik almashinuv va xalqaro hamkorlikda yangi bosqich
2025-04-21    25

Andijon davlat universiteti hamda Qirg'iz Respublikasining Jalol-Obod davlat universiteti o'rtasida o‘qituvchi va talabalarning akademik almashuvini yo‘lga qo‘yish, oliy va professional ta’limda o‘quv jarayonlarini hamkorlikda o‘tkazish, tajriba almashish, xalqaro ilmiy anjumanlarni tashkil etish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Ikki davlat oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq, joriy yilning 14-aprel sanasidan 14-mayga qadar Andijon davlat universitetining Fizika va texnika fakulteti "Fizika" yo'nalishining 20 nafar talabalari Jalol-Obod davlat universitetiga akademik almashinuv bo'yicha qisqa muddatli o'qishga yuborildi.

Hamkorlik doirasida "Zamonaviy oliy ta'lim muassasalarining dolzarb muammollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Andijon davlat universitetining "Umumiy fizika" kafedrasi mudiri A.Xakimov, dotsenti Y.Mamatoxunov va katta o'qituvchisi U.Ismoilovlar ishtirok etib, o'z ma’ruzalarida zamonaviy fizika ta’limining innovatsion yondashuvlari, laboratoriya ishlarining interaktiv metodlari va talabalar bilimini baholashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mavzularini yoritib berdilar.

Akademik almashuv dasturi doirasida talabalar Jalol-Obod davlat universitetida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda va mahalliy talaba-yoshlar bilan ilmiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Aytish joizki, bu kabi hamkorlik dasturlari nafaqat talabalar bilimini boyitish, balki ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchilar uchun esa tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish imkonini yaratadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.