Andijon Davlat
Universiteti
Oliy ta'lim: Kuban davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2025-04-22    58

Andijon davlat universiteti hamda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Kuban davlat universiteti o‘rtasida akademik almashinuv, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, malaka oshirish va tajriba almashish kabi yo‘nalishlar bo'yicha xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolangan.

 

Mazkur hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda o‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirish maqsadida, bugun, 22-aprel kuni Andijon davlat universitetida Rossiyaning Kuban davlat universiteti Rus tili kafedrasi dotsenti Okovitaya Yuliya Faridovna mehmon bo‘ldi.

 

Dastlab, dotsent Okovitaya Yuliya universitetda talabalarga yaratilgan zamonaviy o‘quv muhitini, fanlar bo‘yicha jihozlangan auditoriyalarni, ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etilgan laboratoriyalarni va fakultetlar faoliyati bilan tanishdi.

 

Shuningdek, universitetning Rus tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ikki tomonlama ilmiy-uslubiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv davomida rus tilini zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashinuvlarini tashkil etish va hamkorlikda ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish kabi muhim masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

 

Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalarida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Tomonlar o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, o‘zaro tajriba almashish va kelgusi yillarda qo‘shma tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.