Andijon Davlat
Universiteti
Erasmus+ dasturi Ecampuz loyihasi doirasida o'quv trening mashg'ulotlari o'tkazildi
2025-04-18    69

Joriy yilning 3-16-aprel kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan "ECAMPUZ – ERASMUS-EDU-2022-CBHE" loyihasi doirasida “Oziq-ovqat tahlili va ma’lumotlar fani” mavzusida CAMP 3 o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quvr mashg‘ulotlarida respublikamizning 5 ta oliy ta'lim muassasasidan 29 nafar ishtirokchi, jumladan, Andijon davlat universitetining 6 nafar talabalar ishtirok etdi.

CAMP 3 o‘quv-treningida Daniyaning Kopengagin universitetdan kelgan professorlar: Soren Balling Engelsen, Tomasz Pawel Czaja va Bekzod Hakimov tomonidan "Asosiy Spektroskopiya", "Tahlildagi sifat nazorati", "Spektroskopik asoslar" va "IQ Spektroskopiya" kabi mavzularda ma’ruzalar va amaliy (laboratoriya) mashg‘ulotlarini o‘tishdi.

CAMP 3 ishtirokchilari “Voha paxta yog‘i” savdo belgisi ostida mahalliy paxta yog‘ini qayta ishlash korxonasiga tashrif buyurishdi. Shu bilan birga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti qoshidagi texnopark faoliyati bilan tanishishdi.

CAMP 3 treningining yakuniy faoliyati 8 ta jamoaning guruh ishlarini o'z ichiga oldi. FTIR va NIR spektroskopiyasi bilan amaliy ishlarni olib borgandan so'ng, Yevropa Ittifoqi trenerlari ishtirokchilarga ma'lumotlarni tahlil qilish, yakuniy taqdimot va hisobotlarni tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

CAMP 3 treningi barcha 8 ta jamoaning yakuniy himoya taqdimotlari bilan yakunlandi. Har bir jamoa o‘z natijalari, tahliliy qismda qo‘llanilgan usullar va o‘z xulosalari bilan o‘rtoqlashdi. Yevropa Ittifoqi trenerlari har bir jamoaga o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va kelgusi hisobotlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berishdi.

CAMP 3 treningining yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.