Andijon Davlat
Universiteti
Rektor "Ma'rifat darsi" doirasida talabalarga kasbiy salohiyatni rivojlantirish va zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish bo‘yicha ma'ruza mashg'uloti o'tkazdi
2025-03-19    104

Bugun, 19-mart kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalarni yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish va ularning shaxsiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirish maqsadida IT injiniringi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun "Ma'rifat darslari" doirasida ma'ruza mashg'ulotlarini o‘tkazdi.

Mashg'ulot avvalida, rektor B.Akbaraliyev talabalar bilan samimiy muloqot o'rnatdi va ularga mamlakatimizda ta'lim tizimida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, iqtisodiyot va texnologiya sohalaridagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumot berib, yoshlarning zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi, raqamli texnologiyalarni o'zlashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish orqali jamiyatda faol o'rin egallashi lozimligini ta'kidladi.

Mashg'ulot davomida oliygoh rahbari talabalarga o'z salohiyatlarini to'liq amalga oshirish uchun zaruriy sharoitlar, ilmiy ishlar va innovatsion loyihalar uchun qo'llab-quvvatlash mexanizmlari mavjudligini aytib o'tdi. Shuningdek, universitetda talabalarning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengaytirilayotganini bildirgan holda, yoshlarni yanada ko'proq startup loyihalarda ishtirok etishga chaqirdi.

"Ma'rifat darsi" doirasida zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish va innovatsion g'oyalar bilan faol shug'ullanish muhim ahamiyat kasb etilishi aytilib, yangi loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish orqali talabalarning nafaqat o'z salohiyatini, balki jamiyatning rivojlanishiga qo'shgan hissasini ham oshirishi mumkinligi e'tirof etildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.