
Respublikamiz bo'ylab, "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, qolaversa, suv toshqinlari, zilzila kabi tabiiy ofatlar vaqtida qanday harakat qilish bo'yicha ko'nikmalar va tushunchalar berish maqsadida aholi o'rtasida keng miqyosda targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar davra suhbatlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, 18-mart kuni Andijon davlat universitetida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ishchi-xodimlar hamda talabalar ishtirokida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar bo‘yicha maxsus seminar-trening hamda ko‘rgazmali amaliy o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminarda zilzila va yong‘in kabi tabiiy ofatlar hamda texnogen hodisalar vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI