.jpg)
Bugun, 18-mart kuni Andijon davlat universitetida "Rektor va yoshlar uchrashuvi" doirasida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalarning shaxsiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularning bandligini ta'minlash, shuningdek, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida oliygohning 3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
Dastlab, rektor talabalarning nafaqat ilmiy faoliyati, balki ijtimoiy, madaniy va sport sohalaridagi faoliyatini rag'batlantirish, o'qish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularga samarali yechimlar topish, shuningdek, talabalar o'rtasida hamkorlik va jamoaviy ishni rivojlantirish, shu orqali ularning shaxsiy va kasbiy salohiyatini yanada yuqori darajaga ko'tarish lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda ishtirok etgan talabalar o'zining kreativ takliflari hamda savollarini yo'llash imkoniyatiga ega bo'ldi. Jumladan, Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasidan xorijiy til o'rganishga qiziquvchi yoshlar uchun universitetda o'quv kursi tashkil etish taklifi bildirildi. Ushbu tashabbus rektor tomonidan qo'llab-quvvatlandi va uni amalga oshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv so'nggida, ta'lim muassasamiz rahbari tomonidan talabalarning ilmiy va ijtimoiy hayotidagi muammolarni hal qilish, ularga qulay o'quv muhitini yaratish va o'z salohiyatlarini to'liq amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi. Rektor, talabalarga sifatli ta'lim berish, ularning rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy faoliyatda ham faollashtirish borasida universitetning kelgusi rejalarini aniqladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI