
Bugun, Jizzax viloyatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda tashkilot vakillari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga start berildi. Ushbu tadbir mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda tabiatni asrab-avaylash maqsadida tashkil etildi.
Ko‘chat ekish jarayonlari respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridagi hududiy studiyalar orqali kuzatib borildi. Tadbirda Andijon viloyatining mavjud oliy ta’lim muassasalari rektorlari boshchiligida eko-volontyorlar, talaba-yoshlar va texnikumlar direktorlari faol ishtirok etishdi. Ushbu ekologik tashabbus doirasida hududlarda turli manzarali va mevali daraxtlar ekilib, yashil muhitni yanada kengaytirishga hissa qo‘shildi.
Xususan, Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ham ushbu xayrli tashabbusda ishtirok etib, daraxt ekish jarayonida jonbozlik ko‘rsatdi. Mazkur tadbir nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki yosh avlodga ekologik madaniyatni singdirish hamda ularni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi bunday tashabbuslar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mamlakatimizning ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI