Andijon Davlat
Universiteti
"Universitetdagi ijtimoiy-psixologik muhitga salbiy ta'sir etuvchi nomutanosiblikarni talabalar bilan birgalikda bartaraf etish", "Sog'lom dunyoqarashni shakllantirish hamda rivojlantirish" mavzularida psixologik treninglar o‘tkazildi
2025-03-15    61

Kuni kecha Andijon davlat universiteti psixologi Otabek Muxtarov tomonidan talabalar o'rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, stressni boshqarish va ijtimoiy muhitga moslashish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida "Universitetdagi ijtimoiy-psixologik muhitga salbiy ta'sir etuvchi nomutanosiblikarni talabalar bilan birgalikda bartaraf etish", "Sog'lom dunyoqarashni shakllantirish hamda rivojlantirish" mavzularida psixologik treninglar o‘tkazildi.

Trening davomida talabalarga o‘zlarining hissiy holatlarini tahlil qilish va salbiy fikrlarni ijobiyga aylantirish bo‘yicha turli usullar o‘rgatildi. Treninglar, shuningdek, ijtimoiy muhitda turli nomutanosibliklarni aniqlash va bartaraf etish, jamiyatda sog‘lom va moslashgan dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarga psixologik va ijtimoiy jihatdan barqaror bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni oshirdi.

Psixolog Otabek Muxtarov tomonidan o‘tkazilgan ushbu treninglar talabalarning ijtimoiy-psixologik muhitda o‘z o‘rinlarini mustahkamlash, stressni boshqarish va sog‘lom muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.