
Bugun, 28-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida 2024/2025-o'quv yilidagi 9-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari va qonunchilikdagi yangiliklar kengash a'zolariga tanishtirildi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, talaba-yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda ta'lim sifati bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma tahlil etilib, unda talabalarning bildirgan fikrlari o'rganildi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, o'qituvchilarning dars berish uslubi, shuningdek, talabalarning ijtimoiy faoliyati va ular o'rtasida ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga oid takliflar muhokama qilindi.
Yig'ilish davomida bahorgi semestr o'quv jarayonining tashkil etilishi va talabalarning ta’lim jarayonida to‘liq ishtirok etishlarini ta'minlash, dars mashg'ulotlarini samarali olib borilishini nazorat qilish, shuningdek, ta'lim sifatini oshirish va innovatsion metodlarni qo‘llash bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqildi.
Yig'ilish so'nggida, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari, shuningdek, savollari tinglanib, o‘quv jarayonida sifatli o‘zgarishlarni ta’minlash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarning ilmiy-pedagogik faolligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI