.jpg)
Bugun, 14-mart kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston davlat drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakili, ma'rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy qalamiga mansub "Advokatlik osonmi?" nomli spektakli namoyish etildi.
Spektakl davomida o‘zbek jamiyatining o‘sha davrdagi muammolari va huquqiy tizimi yoritilib, tomoshabinlarga adolat va ijtimoiy mas’uliyatni qanday amalga oshirish kerakligini ko‘rsatdi.
Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi?" asari asosida namoyish etilgan ushbu sahna ko‘rinishi nafaqat huquqiy bilimlarni rivojlantirish, balki teatr san’ati orqali muhim ijtimoiy masalalarga diqqatni qaratish imkonini yaratdi. Spektakl orqali tomoshabinlarga jamiyatda huquq va adolatning o‘rni, shuningdek, fuqaroning huquqiy madaniyatini oshirish zarurligi ta'kidlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI