.jpg)
Andijon davlat universitetida talabalarning ijodiy, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda zamonaviy jurnalistika sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida jurnalist, "Oltin qalam" mukofoti sohibi va Vodiy1.uz saytining rahbari Elmurod Ermatov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Elmurod Ermatov jurnalistika sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, jurnalist sifatida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko‘nikmalar, shuningdek, yangiliklar tayyorlash va media vositalaridan samarali foydalanish borasida o‘z tajribalari va fikrlarini talabalarga taqdim etdi. U zamonaviy jurnalistikada axborot tezligi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining roli, ularning jamiyatdagi ahamiyati va jurnalistlarning bu jarayonda qanday rol o‘ynashi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirokchilar jurnalistika sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdilar. Talabalar o‘z ijodiy ishlari, media sohasidagi istiqbollari va zamonaviy jurnalistikadagi yangi tendensiyalar haqida suhbatlashdilar. Uchrashuv davomida axborot texnologiyalarining roli, jurnalistlarning jamiyatdagi o‘rni va kasbiy yo‘nalishlarni tanlashdagi qimmatli maslahatlar taqdim etildi. Ishtirokchilar ijodiy yondashuvni rivojlantirish va kelajakda muvaffaqiyatli karyera qurish bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI