
Bugun, 11-mart kuni Andijon davlat universitetida talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazish, fikrlash va yangiliklarga intilish qobiliyatini oshirish maqsadida Zakovat intellektual turniri doirasida Breyn-ring o‘yinlari bo'lib o'tdi.
Unda 8 ta fakultetdan saralangan 24 ta jamoa ishtirok etdi. Turnir davomida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini sinab, qiziqarli savollarni yechishga intildi. Jamoalar o‘rtasida raqobat kuchli bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘zining intellektual salohiyatini namoyish etishga intildi.
Turnirning yakuniy natijalariga ko'ra, quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:
1-o'rinni - "AstroSapiens" jamoasi;
2-o'rinni - ''Quantum'' jamoasi;
3-o'rinni - "Qaqnus" jamoasi egalladi.
Mazkur o'yin jamoaviy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va bir-biriga yordam berish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon yaratdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI