.jpg)
Bugungi kunda talabalar uchun to‘liq, shaffof va qulay o‘quv tizimini yaratish, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, ta’lim jarayonining ochiqligini ta’minlash hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Andijon davlat universitetida "Registrator ofisi" o'z faoliyatini yuritib kelmoqda.
Registrator ofisi ikki asosiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadi:
Ma’lumotlar bazasi bo'limi;
Xizmat ko‘rsatish bo'limi.
Ofis faoliyatida talabalarni tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘quv jarayonini va talabalarga xizmat ko‘rsatishni samarali tashkil etish, akademik faoliyatni boshqarish, ta’lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tizimda byurokratik to‘siqlarni oldini olish, tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi 50 dan ortiq muhim vazifalar amalga oshiriladi.
Talabalar uchun qulayliklar yaratish va universitetdagi barcha jarayonlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida ofis doimo o‘z faoliyatini takomillashtirib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 14 ming nafardan ziyod talaba uchun Registrator ofisi rahbari Xotamjon Mansurov boshchiligida jami 15 nafar xodim barcha kerakli xizmatlarni yuqori darajada taqdim etib kelmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI