
Bugun poytaxtimiz Toshkent shahrida joylashgan "O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida 8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.
Mazkur tadbirda o'zining ko'p yillik samarali mehnati, boy bilim va tajribasi, ibratli tashabbus va fazilatlari bilan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o'rtasida doima o'rnak bo'lib kelayotgan bir qator fidoyi ustozlar hamda xodimalar davlatimiz rahbarining bayram tabriknomalari bilan munosib taqdirlandi.
Tantanali bayramda Andijon davlat universiteti professori, Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri Nasibaxon Noraliyeva universitetimiz rivojiga qo'shgan ulkan hissasi va ta'lim sohasidagi fidoyi faoliyati uchun Prezident tabriknomasiga sazovor bo'ldi.
Nasibaxon Noraliyevaning ilmiy va pedagogik faoliyati Andijon davlat universiteti uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, uning oliygohimizda, balki jamiyat hayotida ham alohida o'rni bor. Ushbu e'tirof bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI