.jpg)
Bugun, 7-mart kuni Andijon davlat universitetida nafosat va go'zallik ayyomi "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Ayol borki, olam munavvar" shiori ostida ayol professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimalar hamda talaba-qizlar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tantanali bayram tadbiri avvalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev barchani nafosat bayrami bilan tabriklab, samimiy tilaklarini izhor etdi. Tadbirning kulminatsion lahzasida ishtirokchilarga gul va tabriknomalar tarqatildi. Ushbu kutilmagan sovg'alar har bir ishtirokchiga o'ziga xos e'tibor va qadrlanishni his qildirib, bayramga yanada yorqin va ajoyib lahzalarni taqdim etdi.
Shundan so'ng, bayramga tashrif buyurgan elimizning sevimli san'atkorlari Otabek Muhammadzohid, Murodil Hakimov hamda iqtidorli yoshlar tomonidan go'zal kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarga taqdim etildi.
Tadbir so'nggida "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan sport musobaqalari g'oliblari hamda oliygohimizning faol ayol-qizlari universitet rektori, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI