
Yangi Andijon massivida "Ziyolilar bog'i" barpo etilib, hududlar ko‘kalamzorlashtirish, zamonaviy arxitektura va landshaft dizayni asosida bezatish, shuningdek, yashil maydonlar, dam olish zonalarida tabiiy go‘zallikni saqlash va jamiyat uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan tashabbuslar olib borilmoqda.
Bugun, 15-mart kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Yangi Andijon massivi hududini obod va ko‘rkam manzilga aylantirish maqsadida viloyatimizdagi bir qator tashkilotlar ishtirokida yashil maydonlarda xayriya hashari o‘tkazildi.
Hashar davomida universitetimiz jamoasi tomonidan belgilangan hududlardagi yo‘laklar tartibga keltirilib, zararli hasharotlardan saqlash maqsadida daraxtlar oqlandi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida to‘plangan chiqindilar alohida belgilangan joylarga tashkiliy ravishda olib chiqildi. Shu bilan birga turli xil manzarali gullar va mevali daraxtlar ekildi.
O‘zaro hamjihatlik va inoqlik asosida tashkil etilgan xayriya hashari natijasida Yangi Andijon hududidagi bog'lar ozoda, shinam va obod holga keltirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI