Andijon Davlat
Universiteti
Andijondagi OTM va “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi
2025-03-13    651

Bugun, 13-mart kuni Andijon davlat universitetida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida maxsus markazning tantanali ochilishi hamda viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi o'tkazildi.

 

Dastlab, markaz direktori hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes-treninglar tashkil etish, ish beruvchilar ishtirokida ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarga individual kasbiy ta’lim dasturlarini taklif etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini ta’minlash maqsadida yirik korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va zarurat tug‘ilganda, ularni xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi qisqa muddatli kurslarga yo‘naltirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Shundan so‘ng, “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi va Andijon viloyatidagi 7 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, kasbiy ta’lim dasturlarida ishtirok etish, ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash hamda chet el oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashishni moliyalashtirish masalalarini qamrab olgan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

Ushbu kelishuvlarning amalga oshirilishi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlab, ularning kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Andijon davlat universiteti
Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.