Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 8-mart bayrami: ayollarga ehtirom va hurmat kuni
2025-03-07    180

Andijon davlat universitetida 8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan erta tongdan go'zallik va nafosat timsoli bo'lgan ayol professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimalar hamda talaba-qizlarni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

Shu munosabat bilan bugun, universitetimizning professor-o'qituvchilari va talaba-yigitlari tomonidan oliygoh hududiga tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimalar va talaba-qizlarga universitetimiz rektorining maxsus sovg'asi va bayram tabrigini o'z ichiga olgan, samimiy va yuksak ehtirom bilan tayyorlangan tabriknomalar taqdim etilib, ular tantanali tarzda kutib olindi.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar universitetimizda iliq, o'zaro hurmatga asoslangan ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.