Andijon Davlat
Universiteti
Qozog'istonning nufuzli universitetida oliygohimiz professor-o'qituvchilari uchun mаlаkа oshirish kurslari boshlandi
2025-03-03    171

Bugungi kunda mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Andijon davlat universiteti ham bu borada sezilarli natijalarga erishib, 15 ta davlatdagi 60 ga yaqin nufuzli universitet bilan hamkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Mana shunday istiqbolli hamkorliklar davomi sifatida, Andijon davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari joriy yilning 3-mart sanasidan boshlab, Qozog‘iston Respublikasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida malaka oshirish kurslarini boshladilar.

Ushbu mashg'ulotlar zamonaviy pedagogika, ta’lim texnologiyalari va innovatsion o‘qitish uslublarini chuqur o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, oliygoh professor-o‘qituvchilarining ilmiy va amaliy bilimlarini yanada boyitish, ularning ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy etish, pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda global ta’lim tizimidagi ilg‘or metodlarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Kurslar, shuningdek, o‘qituvchilarga ta’lim sifatini oshirish va talabalarga yanada samarali ta’lim berish imkoniyatlarini yaratadi.

Mazkur malaka oshirish kurslari ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, oliygohimiz professor-o'qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik metodlar asosida amaliy tajriba almashish imkoniyatlarini yaratadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.