
Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Andijon davlat universiteti ham ushbu yo‘nalishda bir qator samarali tashabbuslarni amalga oshirib, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga katta e'tibor bermoqda.
Ayni kunlarda Andijon davlat universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bilim almashish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida xizmat safari bilan Hindistonning Javaharlal Neru universitetida bo'lib turibdi.
Dastlab, universitetimiz vakillari Hindistonda o‘tkazilgan "Uzbek Language and Literature in India" mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etib, Javaharlal Neru universiteti talabalariga turli mavzularda ma'ruza va mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.
Shundan so‘ng, mehmonlar mazkur universitetning kampusida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishib, Hindistonning tarixiy va madaniy e'tiborga molik joylarida sayohat qilib, ulardagi o‘ziga xos xususiyatlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida oliy ta'lim muassasamiz professorlari Hindistonning nufuzli oliygohlari, jumladan, Jamia Millia Islamia universiteti, Javaharlal Neru universiteti hamda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashib, talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malaka oshirish kurslari, malakaviy va pedagogik amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy hamkorlik, loyihalar va umumiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI