
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘iga binoan, yuridik sohadagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, chuqur bilim va tajribasi hamda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Andijon davlat universitetining katta yurist konsulti Sodiqova Mo'tabarxon Shukurovnaga “1-darajali yurist” maxsus unvoni – martaba darajasi berildi.
Ushbu unvon – Mo'tabarxon Shukurovnaning o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashgani, huquqiy masalalarni yuksak professionallik bilan hal qilib kelgani va universitet jamoasi hamda talabalariga huquqiy savodxonlikni oshirish borasida qo‘shgan ulkan hissasining e’tirofidir.
Sodiqova Mo'tabarxon o‘zining yuridik sohadagi faoliyati davomida qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash, huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda adolat va halollik mezonlariga sodiq holda xizmat qilish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. U nafaqat universitetning huquqiy masalalarini samarali boshqarishda, balki yosh huquqshunoslarning malakasini oshirishda ham katta hissa qo‘shmoqda.
Sodiqova Mo'tabarxon Shukurovnani ushbu yutuq bilan butun jamoamiz nomidan muborakbod etamiz va unga kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik hamda yangi zafarlar tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI