.jpg)
Andijon davlat universitetining yangi o'quv binosida mexanika va matematika fakultetining “Iqtidorli talabalar o'rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatini rivojlantirish” mavzusida suhbat o'tkazildi.
Suhbatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O'zbekiston “Adolat” sosial demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari: Abduvohidova Gulnoraxon Abdug'anievna, Adahamjonova Mavludaxon Hamzaevna O'zbekiston Leberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari: Ahmedova Muqaddasxon Tursunovna, Smesova Yekaterina Aleksandrovna, Saydullo Azimov, va mahalliy hokimiyat organi vakillari ham ishtirok etdi.
Yig'ilishni Andijon davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor Bexzod Ahmedov Madaminjonovich olib bordi. Fraksiya a'zolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar bilan talabalarni tanishtirdi. Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, kafolatlar hamda imkoniyatlarni bir qator hayotiy misollar orqali tushuntirdi. Talabalarni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berdi. Ishtirokchilarning 30 nafari “Adolat” sosial demokratik partiyasiga a'zo bo'ldi.
Andijon davlat universiteti katta yuriskonsul’ti M.Sodiqova talabalarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, universitetning ichki tartib va odob-axloq qoidalari haqida tushunchalar berib o'tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI