Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 8-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2025-02-28    628

Bugun, 28-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 8-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Dastlab, universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, yakuniy nazorat imtihonlarini o‘tkazishda shaffoflikni ta’minlash, imtihonlarni adolatli va samarali o‘tkazish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘quv jarayonlariga yangi metodlar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida yanada yaqin hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilarning taklif va mulohazalari, shuningdek, savollari tinglanib, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, talabalar uchun yangi dasturlar va o‘quv kurslarini yaratish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi va mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.