Andijon Davlat
Universiteti
“Kelajakka qadam” markazi hamda oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi
2025-02-27    138

Xabaringiz bor, mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor shaklida o'tkazilgan muloqotda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlarning ezgu intilishlarini qo'llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini ta'kidlab, bu boradagi aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Bugun, 27-fevral kuni videoselektor shaklida o'tkazilgan yig'ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJ hamda oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida "Kelajakka qadam" dasturi doirasida bitiruvchi talabalarning bandligini ta'minlash va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida uchta muhim hujjat imzolandi. Ulardan biri — "Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror bo'lib, ushbu qaror asosida "Kelajakka qadam" dasturini amalga oshirish hamda yoshlarning kasbiy rivojlanishiga ko'maklashish, ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malaka va ko'nikmalar bilan ta'minlashga yo'naltirilgan.

E'tiborli jihati shundaki, “Kelajakka qadam” markazining viloyatimizdagi hududiy bo'linmasi Andijon davlat universitetida tashkil etildi, markaz faoliyati davomida yoshlarning kasbiy rivojlanishiga ko'maklashish, ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malaka va ko'nikmalar bilan ta'minlash, shuningdek, amaliy tajriba orttirish, stajirovka va ish bilan ta'minlash bo'yicha keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu markaz, talabalar uchun o'zlarining kasbiy va shaxsiy rivojlanishlarini amalga oshirishga yordam beradi hamda ularning jamiyatda faol va mas'uliyatli fuqaro bo'lib voyaga yetishishlariga turtki bo'ladi.

"Kelajakka qadam" dasturi yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integrasiyasini ta'minlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko'maklashish va ish beruvchilarning malakali kadrlar bilan ta'minlanishiga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.