
Xabaringiz bor, Doniyorbek Ergashev tashabbusi bilan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan "Mening huquqim" loyihasi doirasida yoshlar uchun huquqiy treninglar, seminarlar va ma’ruzalar tashkil etilib, ularga qonunlar, huquqiy jarayonlar va jamiyatda o‘z huquqlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha amaliy bilimlar berilmoqda.
Andijon davlat universitetida talabalarni jamoat ishlari, fuqarolik faoliyati va ijtimoiy masalalarda muhim rol o‘ynaydigan ishtirokchilarga aylantirish va ularni jamiyatdagi muhim jarayonlarga jalb qilish hamda huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida "Mening huquqim" loyihasi doirasidagi "Jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish" mavzusiga bag‘ishlangan seminarning yakuniy qismi o'tkazildi.
Seminarda "Hamroh" NNT, Andijon davlat universiteti katta yuriskonsulti, soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Seminar davomida yoshlar orasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish va jamoat ishlari sohasida faoliyat yuritishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Seminarda so'z olgan mutasaddilar yoshlarni jamiyatdagi muhim jarayonlarga jalb qilishda universitetning o‘rni va ularning o‘z huquqlarini anglashdagi roli katta ekanligini ta’kidladilar.
Talaba-yoshlar ushbu loyiha doirasida tashkil etilayotgan treninglar va ma’ruzalar orqali o‘z bilimlarini kengaytirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishda yanada faol bo‘lishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI