
O‘zbekiston mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi va iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo (taxallusi Bobur) tavalludining 542 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
Xususan, bugun, 13-fevral kuni Andijon davlat universitetida "Bobur oyligi" doirasida Filologiya fakulteti professori Abdulhay Sobirov tomonidan tayyorlangan "Ko‘hna va hamisha navqiron Andijon zaminining munosib farzandi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Dastlab, birinchi prorektor Talantbek Madumarov Bobur shaxsiyati va uning hozirgi yosh avlodga o‘rnak bo‘luvchi tarbiyaviy asarlari, xususan, "Boburnoma" asarining xususiyatlari haqida so‘z yuritib, tadbirni ochib berdi.
Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismida Bobur ijodining sara namunalaridan g‘azallar va ruboiylar o‘qilib, shuningdek, uning eng go‘zal g‘azallari asosidagi qo‘shiqlar kuylandi.
Tadbir davomida so‘z olgan ma’ruzachilar Bobur nafaqat o‘zining adabiy merosi, balki uning tarixiy qarashlari, geografik bilimlari va siyosiy faoliyati bilan ham o‘z davrida keng ommalashganini va yurtimizning madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatganligini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan professor-o'qituvchilar hamda talabalar universitet rektori hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
“Bobur oyligi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbir yoshlarni Boburning boy adabiy va ilmiy merosi bilan tanishtirish, uning shaxsiyati va ijodini anglash orqali ularga o‘zligini topish va yurtini sevish ruhida tarbiyalashga muhim hissa qo‘shdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI